B.A HOLDING
Qurilish va sanoat korxonalari.
Biz loyihalarni boshqarish va nazorat qilish bilan shug'ullanamiz, tajriba va professionalizmni birlashtirib. Asosiy vazifa — yangi tashabbuslarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun investorlar bilan samarali hamkorlik qilish.
Подробнее
Biz loyihalar yaratamiz va ularga sarmoya kiritamiz, mamlakatimiz rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaymiz.





17 ta muvaffaqiyatli loyihalar


B.A.Holding
B.A Holding loyihalarni nazorat qilish va boshqarishga ixtisoslashgan kompaniya. Bizning asosiy vazifamiz — loyihalarni samarali boshqarish va investorlar bilan yaqin hamkorlikda yangi tashabbuslarni ishga tushirishdir.
Kompaniya sanoat, ishlab chiqarish, qurilish, tibbiyot sohasi, qishloq xo‘jaligi va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish kabi turli yo‘nalishlarda keng faoliyat yuritadi.


Toshkent Plast Polimer
Ikkinchi darajali granulalardan plastmassa va karton mahsulotlar ishlab chiqarish. 30 turdagi plastik Yevro standart yashiklar poddonlar axlat qutilari avtomobil bamperlari va turli o‘lchamdagi chelaklar
Kompaniyaning maqsadi ekologik toza usulda mahsulotlar ishlab chiqarish orqali O‘zbekiston ekologiyasi va tozaligini yaxshilashga hissa qo‘shish


Namangan Metall Zavod
Metalloprokat ishlab chiqaruvchi kompaniya 2019 yilda tashkil etilgan. 530 kishi metalloprokatning ichki va tashqi ehtiyojlarini ta'minlash va rivojlantirish uchun mehnat qiladi
Kompaniyaning missiyasi O‘zbekiston metalloprokat bozorini ta'minlash shuningdek eksport salohiyatini oshirish va respublika tanilganligini kuchaytirishdan iborat

Biz kengayishda davom etamiz
Biz kengayishda davom etamiz

Kompaniya asoschisi
Abdullayev Bahodir Tajimirzayevich
1967-yil 5-dekabrda Andijon viloyatining Shahrixon shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Oliy ma’lumotga ega, O‘zbekiston fuqarosi, faol tadbirkor, «B.A Holding» birlashmasi asoschisi, Namangan viloyati Xalq deputatlari Kengashi deputati, besh nafar qizning otasi.
O‘z mehnat yo‘lini oddiy yuk mashinasi haydovchisidan boshlagan. Bor-budini xavf ostiga qo‘yib, Toshkent shahriga ko‘chib kelgan va o‘zi uchun notanish bo‘lgan bozorni o‘zlashtirishga kirishgan. Uning teran fikrlashi, boshqaruv qobiliyati, faqat oldinga intilish va hech qachon taslim bo‘lmaslik odati uni biznesda ham, oilaviy hayotda ham muvaffaqiyatga yetaklagan.
Biznesda tavakkalsiz muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi





B.A HOLDING» birlashmasi bosh direktori»
Tojimirzayeva Gulbahor Bahodirovna
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Faol tadbirkor» nishoni bilan taqdirlangan.»
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining «Biznesvumen 2023» tanlovida 1-o‘rin sohibasi.
Namangan metallurgiya zavodining rahbari.
